10:32 / 27.11.2017
6 394

Chilonzorda “Tozalash-antiterror” tadbiri o‘tkazildi

Chilonzorda “Tozalash-antiterror” tadbiri o‘tkazildi
2017 yilning 25 noyabr kuni soat 23:30 da, Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan Chilonzor tumani hududida “Tozalash-antiterror” tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida, “JAGUAR”, “SHABNAM” va “DON” kafelaridan jami 45 nafar fuqarolar shaxsini aniqlash maqsadida tuman Ichki ishlar boshqarmasiga olib borilib tekshirildi.

Tekshiruv davomida, mazkur shaxslardan 16 nafari fohishalik bilan shug‘ullanuvchi ayollar ekanligi aniqlandi.

Ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning tegishli moddalariga asosan bayonnomalar rasmiylashtirildi va IIBB Reablitatsiya Markaziga topshirildi.

Shuningdek, 5 nafar fuqarolar “JAGUAR” kafesi oldida spirtli ichimlik iste’mol qilgan holda jamoat tartibini qo‘pol ravishda buzib, o‘zaro janjallashib turganliklari aniqlandi.

Ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning tegishli moddalariga asosan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Chilonzorda “Tozalash-antiterror” tadbiri o‘tkazildi