22:28 / 13.12.2017
9 191

Toshkentda Qur’on qiroati bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi

Toshkentda Qur’on qiroati bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi
2017 yil 13 dekabr kuni Toshkent islom universitetida “Islom sivilizatsiyasini o‘rganish ISESCO” kafedrasi tomonidan tashkil etilgan qorilar musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston azaldan barcha sohalarda peshqadam daholarni dunyoga taqdim qilgan. Asrlar davomida hadis, fiqh, aqida, tasavvuf ilmlaridan tashqari, bu yurtdan Qur’on hofizlari, qiroat ilmini egallagan ulamolar yetishib chiqishgan.

Toshkent Islom universiteti talabalari ham respublika va xalqaro musobaqalarda ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritishmoqda. Bu safargi musobaqa ikkita – hifz va tilovat yo‘nalishi bo‘yicha bo‘lib o‘tdi.

Unda jami 18 nafar talaba ishtirok etdi. Musobaqa Qur’on tilovati bilan ochib berildi. So‘ngra davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 1 sentyabr – Qurbon hayiti kuni Hastimom dahasiga tashrifi va unda Qur’on qiroati musobaqalarini yangicha tartibda o‘tkazish bo‘yicha bildirgan fikri yoritilgan videorolik namoyish qilindi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda Qur’on qiroati bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi