Gyoteborg universiteti olimlari organizmda tana vaznini tartibga solib turuvchi ichki tizim borligini aniqlashdi. Tegishli tadqiqot Proceedings of the National Academy of Sciences (PNAS) jurnalida chop etildi.
Mutaxassislar tajriba o‘tkazishib, sichqonlarga og‘ir kapsulalar implantatsiya qilishdi. Ikki haftadan keyin sun’iy “ortiqcha vazn”ga ega sichqonlar kamroq oziqlana boshlaganlar va organizmlaridagi yog‘ning ancha qismini yo‘qotishgan. Ta’kidlanishicha, sichqonlar ularga kiritilgan sun’iy yuk qancha bo‘lsa, shuncha miqdorda vazn yo‘qotishgan.
Olimlar organizmda “ortiqcha vaznni qayd qiluvchi” mexanizm mavjud bo‘lib, u miyaga oziqlanishni kamaytirish haqida signal jo‘natadi, degan xulosaga kelganlar. Mutaxassislarning fikricha, bu jarayon osteotsit tomondan nazorat qilinadi.
Osteotsit umurtqali jonzotlar, jumladan insonning suyak to‘qimasi ichida joylashgan maxsus turdagi hujayralar hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi