23:52 / 20.01.2018
7 773

Yangiyo‘lda bir ayolni salkam 300 million so‘mga «uxlatib» ketishdi

Yangiyo‘lda bir ayolni salkam 300 million so‘mga «uxlatib» ketishdi
Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani, Sho‘ralisoy mahallasida yashovchi, muqaddam O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 171-moddasi 1-qismi (jinoiy yo‘l bilan topilgan mulkni olish yoki o‘tkazish) bilan sudlangan 1969 yilda tug‘ilgan, J.I. yana jinoyatga qo‘l urdi.

U 2017 yilning iyul oyidan 1 oktyabr kuniga qadar Yangiyo‘l tumani, Navro‘z mahallasida firibgarlik yo‘li bilan, Yangiyo‘l shahar, Samarqand ko‘chasida yashovchi, uy bekasi, 1974 yilda tug‘ilgan, A.Sh. ishonchini suiiste’mol qilib, «tez orada qaytarib beraman», deb aldab, bahosi 299.428.571 so‘m bo‘lgan tilla-taqinchoqlarini olgan va shu kunga qadar qaytarib bermasdan o‘z ehtiyojlariga ishlatib yuborgan.

Unga nisbatan Yangiyo‘l shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi, 4-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Manba: xabar.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yangiyo‘lda bir ayolni salkam 300 million so‘mga «uxlatib» ketishdi