date

Qashqadaryoda qidiruvdagi yigit ayol ko‘rinishida yashiringan holatida qo‘lga olindi

Qashqadaryoda qidiruvdagi yigit ayol ko‘rinishida yashiringan holatida qo‘lga olindi

Qarshi shahrida ichki ishlar xodimlari qidiruvda bo‘lgan yigitni ayol qiyofasida harakatlanayotgan paytida qo‘lga olishdi. Bu haqda 14 mart kuni Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, viloyatda xavfsiz va sog‘lom jamiyatni ta’minlash bo‘yicha profilaktik tadbirlar olib borilayotgan edi. Jarayonda jamoat xavfsizligini saqlash xodimlari Jinoyat kodeksining 228 va 168-moddalariga muvofiq qidiruvda bo‘lgan 25 yoshli R.J.ni hibsga oldi.

Yigit Qarshi shahrida yashagan va huquqni muhofaza qiluvchi organlar nazaridan chetda qolish maqsadida o‘z ko‘rinishini noodatiy tarzda o‘zgartirib yurgan. U ayollarga xos kiyimlar kiyib, atrofdagilarga ham, ba’zi hollarda tanishlariga ham o‘zini tanitmaslikka harakat qilgan.

“Biroq tajribali patrul-post batalyoni xodimlari sinchkovligi tufayli bu holat shubha uyg‘otdi. Tekshiruvda uning shaxsi aniqlanib, qidiruvda ekani ma’lum bo‘ldi. Hozirda ushbu fuqaro ushlanib, vaqtinchalik saqlash hibsxonasiga joylashtirildi”, deyiladi xabarda.

Jinoyat kodeksining 228-moddasida hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish uchun jazo nazarda tutilgan. Moddaga asosan, BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha jarima, yoki 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari, yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari belgilangan.

168-modda esa firibgarlik bilan bog‘liq jazoni belgilaydi. Unga ko‘ra, BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha jarima, ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari, bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish kabi jazolardan biri qo‘llanishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Qashqadaryoda qidiruvdagi yigit ayol ko‘rinishida yashiringan holatida qo‘lga olindi