18:05 / 12.02.2018
7 013

Navbatdagi “Tilla karvon” ham qo‘lga tushdi

Navbatdagi “Tilla karvon” ham qo‘lga tushdi
Navoiy viloyatida ayrim fuqarolar tomonidan tabiiy boyliklarni osongina qo‘lga kiritish maqsadida, ularni noqonuniy ravishda qazib olish holatlari uchramoqda.

Navoiy viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan Navbahor tumani hududida o‘tkazilgan tadbir davomida “Sarmishsoy-Qalqonota” yo‘nalishida harakatlanayotgan 4 ta avtomashina to‘xtatib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, avtomashinalar salonidan fuqarolar G.Q., X.J., T.K., Sh.E.ga tegishli bo‘lgan, polietilen qoplarga solingan og‘irligi 140, 420, 150 hamda 120 kilogramm og‘irlikdagi tarkibida qimmatbaho tilla metali bor bo‘lgan toshlar, shuningdek, ushbu toshlarni qazib olishda foydalaniladigan anjomlar borligi aniqlandi.

Bir mahalladan bo‘lgan bu qo‘shnilar hech qanday ruxsatnomasiz Sarmishsoy tog‘li hududidan qazib olgan ushbu toshlarini Xatirchi tumaniga olib borib, ularni tarkibidagi tillo qimmatbaho metalini ajratib olishni maqsad qilganliklari ma’lum bo‘ldi.

Ushbu fuqarolarning noqonuniy hatti-harakatlariga o‘z vaqtida chek qo‘yildi. Daliliy ashyo sifatida 830 kg. tarkibida tilla qimmatbaho metali bor bo‘lgan toshlar qonuniyligini aniqlash maqsadida vaqtincha saqlovga olingan. Sud qaroriga ko‘ra, ushbu toshlar NKMKga topshirilgan.

Navoiy viloyati bojxonachilari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda o‘tgan 2017 yil davomida jami 11 ta holatda bu turdagi huquqbuzarliklar fosh etilgan. Noqonuniy qazib olingan 7 tonnadan ortiq tarkibida tilla zarralari mavjud toshlar davlat foydasiga musodara qilingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Navbatdagi “Tilla karvon” ham qo‘lga tushdi