1991-2005 yillarda O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri bo‘lgan general-polkovnik Zokirjon Almatov O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga qaytdi. Bu haqda Kun.uz’ga vazirlikdagi manba xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Almatov ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonovning maslahatchisi lavozimiga tayinlangan.
Zokir Almatovich Almatov 1949 yil 10 oktyabr kuni Toshkent viloyati, Zangiota tumanida tug‘ilgan. 1971-1988 yillarda Toshkent viloyati ichki ishlar boshqarmasida turli lavozimlarda xizmat qilgan. 1988-1990 yillarda Parkent tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i. 1990-1991 yillarda viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i. 1991 yil 15 sentyabrda prezident Islom Karimov tomonidan ichki ishlar vaziri etib tayinlangan. 2006 yil 5 yanvar kuni ishdan olingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq general-polkovnik Zokirjon Almatov Islom Karimov haqidagi xotiralari bilan o‘rtoqlashgandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi
Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi
Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi
Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda