07:30 / 17.04.2018
11 927

Toshkent davlat yuridik universiteti kollej bitiruvchilarini imtihonsiz qabul qiladi

Toshkent davlat yuridik universiteti kollej bitiruvchilarini imtihonsiz qabul qiladi
Toshkent davlat yuridik universiteti 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab Adliya vazirligi huzurida bo‘lgan kollejlar bitiruvchilarini imtihonsiz qabul qilishni boshlaydi.

Nomzodlar suhbatdan o‘tib, bakalavr dasturi bo‘yicha 3 yillik o‘qishga qabul qilinadi. Eng asosiysi — oliygoh bitiruvchisi taqsimlashga asosan 3 yil davomida uzluksiz ishlab berishi talab etiladi.

Bu yangiliklar tufayli yuridik kollejlarga o‘qishga qabul qilish tartibi o‘zgartiriladi.

Endi har bir viloyatlar muayyan mutaxassisliklarga bo‘lgan talablarini hisobga olgan holda Adliya vazirligi tomonidan ajratilgan kvotalar asosida tanlov asosida amalga oshiriladi.

Hozirgi vaqtda kollejlarda o‘qitiladigan, kerakli bo‘lgan mutaxassisliklar ro‘yxatiga: davlat xizmatlari bo‘yicha huquqshunos, kadrlar masalalari bo‘yicha huquqshunos, agrar sektori bo‘yicha huquqshunos, shartnoma masalalari bo‘yicha huquqshunos, notariat bo‘yicha huquqshunos, advokatura bo‘yicha huquqshunos, sud ijro bo‘yicha huquqshunos.

Bundan tashqari, TDYuU yangi o‘quv yilidan talabalarni magistraturaga test imtihonlarsiz qabul qilishni boshlaydi. Uning o‘rniga yozma imtihon o‘tkaziladi. Bu shartda o‘qish bir yilga uzaytiriladi. Magistraturaga kontrakt to‘lovi bo‘yicha kvotalar soni 150 ga ko‘paytiriladi.

Shuningdek, universitet magistraturasida yangi yo‘nalishlar ochildi: "Huquq va Biznes", "Huquq va axborot texnologiyalar", "Moliyaviy-huquqiy monitoring" va boshqalar.

Bugungi kunda oliygoh bakalavriyatda — 5 ta, magistraturada 10 ta yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislar o‘qitiladi. Bakalavriyatda o‘qish 4 yil, magistraturada 2 yil tashkil qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent davlat yuridik universiteti kollej bitiruvchilarini imtihonsiz qabul qiladi