22:35 / 07.05.2018
5 015

Toshkent shahar hokimligi: Poytaxtdagi ayrim ko‘chalar vaqtincha yopiladi

Toshkent shahar hokimligi: Poytaxtdagi ayrim ko‘chalar vaqtincha yopiladi
Barcha turdagi transport vositalari harakati cheklangan ko‘chalarni aylanib o‘tish uchun jamoat transportining harakat yo‘nalishlariga vaqtinchalik o‘zgartirishlar kiritiladi.

Toshkent shahar hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 19 maydagi “Toshkent shahrida ikki yo‘llik elektrlashtirilgan tezyurar temir yo‘lini qurish” loyihasini amalga oshirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotgan ushbu temir yo‘l qurilish montaj ishlarini bajarishda yuzaga keladigan vaqtinchalik noqulayliklar uchun yo‘l harakati ishtirokchilaridan uzr so‘rashini bildirib o‘tgan.

Toshkent shahar hokimligi ma’muriyati, poytaxliklar va poytaxt mehmonlari yo‘llarda haydovchi va yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash, ularga qulayliklar yaratish maqsadida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari jarayonidagi ushbu vaqtinchalik noqulayliklarni to‘g‘ri tushunishlari ta’kidlab o‘tgan.

Toshkent shahar hokimligi Yashnobod tumani Qorasuv ko‘chasidan 2-Qorasuv va Elbek ko‘chalari bo‘ylab Do‘stlik metro bekatigacha bo‘lgan hududda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJga yer usti temir yo‘l qurilish montaj ishlarini bajarishi yuzasidan, 2018 yil 10 may kunidan 2019 yil 31 yanvarga qadar barcha turdagi transport vositalari harakati vaqtinchalik cheklanishini ma’lum qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent shahar hokimligi: Poytaxtdagi ayrim ko‘chalar vaqtincha yopiladi