19:33 / 14.05.2018
7 231

Qashqadaryoning Beshkent shahrida gaz chaqnashi yuz berdi

Qashqadaryoning Beshkent shahrida gaz chaqnashi yuz berdi
Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanidagi xonadonlarning birida gaz chaqnashi hodisasi yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga tayanib Daryo ma’lum qilmoqda.

Xabar berishlaricha, 11 may kuni soat taxminan 10:00 atrofida Qarshi tumani Beshkent shahridagi xonadonlarning birida gaz chaqnashi holati yuz bergan.

«Uy bekasi R.N. uyining oshxonasida gugurt yoqqan vaqtida gaz ballonidan sizib chiqib, xonaga yig‘ilib qolgan gaz va havo aralashmasidan chaqnash sodir bo‘lgan», — deyiladi IIV axborotida.

Qayd etishlaricha, hodisa oqibatida uy bekasi kuyish jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qashqadaryoning Beshkent shahrida gaz chaqnashi yuz berdi