23:39 / 18.05.2018
9 568

Ro‘zaga doir savol-javoblar

Ro‘zaga doir savol-javoblar
Savol: Bu yilgi Ramazon ham ayni saratonga to‘g‘ri keldi. Kun haddan ortiq isib ketgan paytlarda biroz salqinlash maqsadida cho‘milib olsa bo‘ladimi?
Javob: Ro‘zador odamning kunduz kuni (beuzr) cho‘milishi, boshidan suv quyishi, suvga tushib o‘tirishi, ho‘l kiyimga o‘ralib olishi ayrim ulamolar nazdida makruh sanalgan. Imom Abu Yusuf esa, bu kabi ishlar makruh emas, deb fatvo bergan (“Fatovoyi Hindiya”, “Muhit”).

Savol: O‘tgan yili Ramazon oyida bir necha kun ro‘za tutmadim. Menga kafforat vojib bo‘ladimi?
Javob: Farzlik shartlari topilgan har bir musulmon Ramazon ro‘zasini tutishi farzdir. Oldin ro‘za tutilmagan kunlar uchun tavba qilinadi. Keyin bir kunga bir kun qazo ro‘zasi tutiladi. Bu holda kafforat vojib bo‘lmaydi. Kafforat ro‘za tutmaslikning emas, balki ro‘zaga niyat qilgandan keyin uni uzrsiz buzishning jazosidir.

Savol: Qazo ro‘zasi tutayotgan odam uni qasddan buzsa, unga kafforat vojib bo‘ladimi?
Javob: Yo‘q, u faqat o‘sha kunning qazosini tutib beradi.

Savol:
Amerikadan uyga qaytmoqchiman. Safarim kechqurun boshlanadi. Saharlik vaqtida samolyotda bo‘laman. Uyim Toshkentda. Men qaysi joyning vaqtiga ko‘ra saharlik va iftorlik qilaman?
Javob: Chiqayotgan joyingiz, ya’ni Amerikaning vaqtiga asosan og‘iz yopasiz. Keladigan joyingiz, ya’ni Toshkent vaqti bilan iftorlik qilasiz.

Savol: Tarovih namozi necha rakat? Uni jamoat bilan o‘qish kerakmi?
Javob: Tarovih namozi yigirma rakatligi va uni jamoat bilan o‘qilishi hadisi shariflarda bildirilgan (“Maroqul faloh”).
“Nuril izoh”ning sharhida tarovih namozining yigirma rakat ekaniga ishonmaganlarning bid’at ahlidan bo‘lishi aytilgan.

Erkaklarning masjidda jamoat bilan o‘qigan namozlarining savobi uyda o‘qigan namozlaridan 27 barobar ortiqligi hadisi shariflarda bayon qilingan. Ayollarning esa besh vaqt namoz, juma, hayit va taroveh namozlarini o‘qish uchun masjidga borishlari joiz emas (“Raddul muxtor”).

Manba: Irfon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ro‘zaga doir savol-javoblar