4 270
So‘rov: o‘zbekistonliklar pulni dollarda emas, so‘mda jamg‘arishni ma’qul ko‘rishmoqda
O‘zbekiston Markaziy banki so‘rovida ishtirok etganlarning katta qismi shaxsiy jamg‘armalarni banklardagi hisobvaraqlarda saqlash eng ma’qul yo‘l deb hisoblaydi. Bu haqda Markaziy bankning 2018 yilning birinchi yarmida iqtisodiyotda kuzatilgan inflyatsion kutilmalar to‘g‘risidagi hisobotiga tayanib Daryo xabar berdi.
Yanvar iyun oylarida o‘tkazilgan so‘rovda butun mamlakat bo‘ylab 750 nafar jismoniy shaxs va 300 yuridik shaxs qatnashdi.
So‘rov ishtirokchilarining qariyb uchdan bir qismi o‘z jamg‘armalarini bankdagi hisobraqamda so‘mda, 9 foizi — xorijiy valyutada bankda, 17 foizi — qisman bankda, qisman naqd ko‘rinishda saqlagan ma’qul deb hisoblaydi.
Markaziy bank xabarida qayd etilishicha, kuzatish davrida milliy valyuta jozibadorligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar aholining jamg‘arish kayfiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatayotganligi ma’lum bo‘ldi. Xususan, yil boshida jamg‘armalarini so‘mda saqlashni ma’qul ko‘rganlar ulushi 44 foizga teng bo‘lgan bo‘lsa, II chorak oxiriga kelib ularning ulushi 53 foizga ko‘tarildi, AQSh dollarida jamg‘arishni ma’qullaganlar ulushi esa yanvardagi 33 foizdan iyun oyida 22 foizgacha tushdi.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi