Toshkent viloyati hokimligi Moliya bosh boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlovchi J.N. 5000 dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlandi, deb xabar qildi IIV matbuot xizmati.
Xabarda aytilishicha, shu yil 3 oktyabr kuni fuqaro A.S. Ichki ishlar vazirligiga ariza bilan murojaat qilib, unda oʻzini Toshkent viloyati hokimligi Moliya bosh boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari deb tanishtirgan shaxs unga tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun Boʻstonliq tumanidagi turizm uchun ajratilgan zahira yerlardan 3 gektar yer maydoni olib berishga vaʼda qilib, evaziga oldindan 5000 dollari miqdoridagi pullarni berishini talab qilayotganligini maʼlum qildi.
Shu kuni IIV tezkor xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tadbir davomida, Toshkent viloyati hokimligi Moliya bosh boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlovchi J.N. Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumanidagi Parkent koʻchasida ariza muallifidan 5000 dollari miqdoridagi pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlandi.
Ushbu holat yuzasidan IIV huzuridagi Tergov departamenti tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi