18:30 / 28.11.2018
6 363

Shavkat Mirziyoyev Chirchiqda maxsus-taktik mashqlarni kuzatdi (foto)

Shavkat Mirziyoyev Chirchiqda maxsus-taktik mashqlarni kuzatdi (foto)
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti, Qurolli Kuchlar oliy bosh qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev 28 noyabr kuni Chirchiq dala o‘quv maydonida yuqori darajadagi jangovar shaylikka keltirilgan bo‘linmalarning maxsus-taktik mashqlarini kuzatdi, deb xabar bermoqda prezident matbuot xizmati.

Mudofaa vazirligi harbiy qismlarining jangovar tayyorgarligini kompleks tekshirish maqsadida 26 noyabr tongda «Trevoga!» signali berildi. Shu paytgacha mamlakat armiyasida bunday keng ko‘lamli to‘satdan tekshiruv o‘tkazilmagan.

Signaldan so‘ng Mudofaa vazirligi markaziy apparati, barcha harbiy okrug va bo‘linmalarda zarur tashkiliy ishlar amalga oshirildi. Harbiy poligonlarda bir nechta maxsus-taktik mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Chirchiq dala o‘quv maydonida o‘tkazilgan mashg‘ulotlarda havo-desantchilari, artilleriyachilar, motoo‘qchilar, tankchilar, maxsus operatsiya kuchlari hamda Harbiy havo kuchlari bo‘linmalari qatnashdi.

Shartli dushman bazalariga va u joylashgan hududlarga O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy havo kuchlari tarkibidagi qiruvchi samolyotlar va vertolyotlardan zarbalar berildi.

Shundan keyin jang maydonida zirhli qalqon tankchilar bo‘linmasi paydo bo‘ldi. Ular tank biatlonida qo‘llaniladigan “Suvli to‘siq”, “Eskarp” va “Tirsakli ko‘prik”dan mohirona o‘tib, belgilangan marrani egalladi.

Mudofaa operatsiyasini olib borish jarayonida, shartli og‘ir yaralangan harbiy xizmatchilarni jang maydonidan olib chiqish, vertolyotda evakuatsiya qilish jarayoni namoyish etildi.

Zamonaviy jangovar vertolyotlar shaxsiy tarkibni belgilangan hududga desantlashtirdi. Parashyut-desant bataloni xizmatchilari marralar oralig‘idan suqilib kirgan shartli dushmanni umumqo‘shin zaxira kuch va vositalari bilan yakson qilish vazifasini muvaffaqiyatli bajardi.

Mashg‘ulotlarni harbiy-ma’muriy sektorlar, tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ham kuzatib bordi.










arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev Chirchiqda maxsus-taktik mashqlarni kuzatdi (foto)