Foto: Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati
Toshkent shahar IIBB huquq himoyachilari fuqarolarning tartib o‘rnatish haqidagi murojaatidan so‘ng Chilonzor va poytaxtning boshqa tumanlarida muntazam monitoring olib bormoqda. Bu haqda Toshkent shahar IIBB rasmiy sahifasida ma’lum qildi.
Avvalroq Toshkentning Chilonzor tumanida yashovchi fuqaro OAVga xat yo‘llab, unda Chilonzor-18 dahasidagi 16-uy derazalari tagiga har kuni fohishalar o‘tirgan avtomobillar kelib to‘xtashi, bu esa mahalliy aholiga tinchlik bermayotganligidan shikoyat qilingan edi.
Boshqarma matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, aybi aniqlangan fuqarolarga sanksiyalar qo‘llanilmoqda.
«29 dekabrdan boshlab IIBB xodimlari ko‘rsatilgan yo‘l qismida muntazam patrullik olib bormoqda (jumladan tungi vaqtda ham). Tungi tinchlikni buzayotganlar ko‘pincha avtomobillardan foydalanganligi sababli patrullik qilishda profilaktika inspektorlari bilan bir qatorda IIBB YHXB xodimlari ham ishtirok etmoqda. 29 noyabr kuni to‘rt nafar qiz qo‘lga olingan, 30 noyabr kuni — yana ikki nafar», — deyiladi xabarda.
Statistikaga ko‘ra, yil davomida 65 ta qiz hisobga qo‘yilgan, yana 826 nafar qizga nisbatan Ma’muriy kodeksning 190-moddasi bo‘yicha bayonnoma tuzilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi