Bugun, 9 dekabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari Fransiyaning Parij shahrida bo‘lib o‘tadigan Xalqaro musulmonlar forumida ishtirok etish uchun jo‘nab ketdilar, deb xabar berdi O‘zbekiston musulmonlar idorasi.
Ushbu yirik tadbir Xalqaro musulmonlar forumi kotibiyati, Rossiya musulmonlari diniy idorasi, Rossiya muftiylar kengashi, Moskva Islom instituti, Finlyandiya musulmon tashkilotlari tarmog‘i va Butunjahon mazhablarni yaqinlashtirish forumi tomonidan tashkil etildi.
Shuningdek, Buyuk Britaniya musulmonlar kengashi, Italiyaning dinlararo va madaniyatlararo ta’lim fondi tomonidan qo‘llab-quvvatlangan.
Xalqaro musulmonlar forumi har yili dunyoning yetakchi mamlakatlari poytaxtlarida ko‘p yillardan buyon o‘tkazib kelinadi. 2014 yil Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida, 2015 yil Buyuk Britaniyaning London shahrida, 2016 yil Fransiyaning Parij shahrida, 2017 yil Finlyandiyaning Xelsinki shahrida Xalqaro musulmonlar forumining yig‘ilishlari o‘tkazilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi