14:07 / 13.12.2018
4 433

Xorazmda to‘pponcha va elektroshoker bilan qurollangan jinoiy guruh qo‘lga olindi

Xorazmda to‘pponcha va elektroshoker bilan qurollangan jinoiy guruh qo‘lga olindi
1984 yilda Xorazm viloyatining Hazorasp tumanida tug‘ilgan. Hozirda Toshkent shahrida yashab kelayotgan V.A. 2018 yilning noyabr oyi oxirlarida Hazorapsga qaytadi. U o‘zi bilan gaz to‘pponcha, elektroshoker moslamasi, fonar, skoch, arqon shuningdek, ikkita qora niqob va qo‘lqop olib keladi.

Maqsadi tumandagi o‘ziga to‘q xonadonlarning biriga yarim tunda bostirib kirib, xonadon egalariga tegishli boylikni bosqinchilik yo‘li bilan qo‘lga kiritish edi. O‘ziga bu borada sherik izladi. Unga hazorasplik 1975 yilda tug‘ilgan B.O‘. va 1993 yilda tug‘ilgan Q.M.lar “sheriklik” qiladigan bo‘lishdi.

Bosqinchilarning “nishoniga” Hazorasp tumanida yashab, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan fuqaroning xonadoni tushdi. Chunki ushbu xonadonda ular ko‘zlagan mablag‘ bor bo‘lishi mumkinligi bilan birgalikda, uyda faqat ayollar yashashi jinoiy guruh a’zolariga ma’qul kelgandi.

2018 yilning 10 dekabr kuniga o‘tar kechasi, soat 02:30larda yuqoridagi sovuq qurollar bilan qurollanib, yuzlariga niqob taqib olgan ushbu shaxslar rejadagi xonadonga kirishga uringan paytlarida ichki ishlar organlarining tezkor xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan JKning 164-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, gumondorlar ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olindi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xorazmda to‘pponcha va elektroshoker bilan qurollangan jinoiy guruh qo‘lga olindi