09:06 / 15.01.2019
3 725

"Click" yoki "Payme"dan pora summasini o‘tkazib berishni so‘ragan soliqchi qo‘lga olindi

"Click" yoki "Payme"dan pora summasini o‘tkazib berishni so‘ragan soliqchi qo‘lga olindi
Navoiy viloyatining Karmana tumani davlat soliq inspeksiyasi xodimi S.N. jinoiy qilmishi uchun qo‘lga olindi.

Karmana tumanining “Katta Machit” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi fuqaro H. Ostonova bobosi R. Ostonovga tegishli bo‘lgan hovli-joyning kadastr xujjatlarini tayyorlatish maqsadida edi. Shu bois uyning mol-mulk va yer solig‘idan qarzdorligi yo‘qligi to‘g‘risida ma’lumotnoma olishiga to‘g‘ri kelardi. Buning uchun Karmana tumani davlat soliq inspeksiyasiga murojaat qiladi. Hujjatlarni o‘rgangan tuman DSI xodimi S.N. unga uyning mol-mulk hamda yer solig‘idan 1 million 300 ming so‘m qarzdorligi borligini bildiradi, deya xabar qiladi "Xalq so‘zi".

Nafs deganning qutqusi yomon-da. Ayniqsa, oldingga ishi tushib kelgan odamning boshi qotib o‘tirsa... Soliq idorasi inspektori ham vaziyatdan unumli foydalanib qolishni ko‘ngliga tugib, H. Ostonovaga “oson” yo‘lni taklif etadi.

Ya’ni 650 ming so‘m evaziga ham qarzdorlikni yo‘qqa chiqarib berishini, ham shu to‘g‘risida ma’lumotnoma rasmiylashtirishini aytadi. Qolaversa, “bag‘rikenglik” qilib, agar naqd puli bo‘lmasa, kelishilgan mablag‘ni “Click” yoki “Payme” ilovalari orqali plastik kartochkasiga tashlashi mumkinligini ham tushuntiradi.

Navoiy viloyati IIB jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbir davomida Karmana tumani DSI inspektori qo‘lga olindi. Ayni paytda mazkur holat bo‘yicha tergov jarayonlari davom etmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » "Click" yoki "Payme"dan pora summasini o‘tkazib berishni so‘ragan soliqchi qo‘lga olindi