1 iyuldan YPX xodimlari mobil videokamera bilan ishlashni boshlaydi

  • 26 yanvar 2019, 14:28
  • 1 528
  • Jamiyat
  • 1 iyuldan YPX xodimlari mobil videokamera bilan ishlashni boshlaydi
    O‘zbekistonda 2019 yil 1 iyuldan boshlab yo‘l-patrul xizmatining barcha inspektorlari mobil videokamera bilan jihozlanadi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar bergan.

    Hukumatning 1 dekabrdagi qarori bilan Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

    «Joriy yilning 1 iyulidan boshlab YPX xodimi o‘z xizmat vazifalarini ochiq, mobil videokameradan foydalanib olib borishga majbur bo‘ladi», - deya xabar berishgan IIVdan.

    YPX xodimi xizmat vazifasini amalga oshirishda mobil videokameradan foydalanishi va bu haqda yo‘l harakati qatnashchilariga ma’lum qilishga majbur.

    Eslatib o‘tamiz, yo‘l-patrul va patrul-post xizmatlarining barcha xodimlari mobil kameralar bilan faoliyat olib borishi zarurligi to‘g‘risida prezident Shavkat Mirziyoyev 2017 yilning dekabrida Oliy Majlis palatasiga murojaatida ma’lum qilgan edi.

    » » 1 iyuldan YPX xodimlari mobil videokamera bilan ishlashni boshlaydi