2019 yil 30 yanvar kuni tungi soat 00.30larda Payariq tuman IIBga Payariq tumani IIB Qo‘riqlash bo‘linmalari otryadi xodimi tomonidan xabar berilgan.
Samarqand viloyati IIB matbuot xizmatining Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, Payariq tumani Samarqand ko‘chasi 50-uyda joylashgan tuman “Xalq banki” binosida xizmat olib borilayotgan vaqtda noma’lum shaxs yashirin ravishda kirishga uringan va u ushlangan.
Voqea joyiga darhol tergov tezkor guruhi yetib kelgan. “Xalq banki”ga kirishga uringan shaxs Payariq tumani, Guliston qishlog‘ida yashovchi fuqaro ekanligi ma’lum bo‘ldi. Gumonlanuvchi ushlanganida, yonida 30 va 15 sm keladigan, uchlari o‘tkirlangan temir jismlar, pichoq, qo‘lqoplar, polietilen sumka va boshqa buyumlar borligi aniqlangan.
Shuningdek, ichki ishlar xodimi 2019 yil 30 yanvar kuni soat tungi 00.10larda, xizmat olib borayotganida, bankning orqa hovlisida kirish eshigini yuqori qismidan noma’lum shaxsning qo‘llari bilan eshikni ochishga urinayotganini sezib, zudlik bilan eshik oldiga boradi.
Eshikni ochib orqa hovliga chiqadi va bankka kirishga uringan noma’lum shaxs qochayotgan vaqtida, unga o‘ziga biriktirilgan qurolini o‘qlanganini aytib “To‘xta otaman”, deb ogohlantirish bergan. Noma’lum shaxs qochishni davom ettirgandan so‘ng, qurolidan bir marotaba yuqoriga qarab o‘q uzgan va unga yerga yotishini talab qilgan. Shundan so‘ng noma’lum shaxs joyida to‘xtadi. Birga xizmat olib borayotgan sherigi, ya’ni, Payariq tuman IIB Qo‘riqlash bo‘linmalari otryadi xodimi bilan birgalikda uni ushlagan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi