21 yanvar kuni «Kasbi paxta tozalash» aksiyadorlik jamiyatining tarozixonasidagi kuzatuv kamerasi soat 11:56dan soat 12:58gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida ishlamagan. Bu haqda «Qashqadaryo» gazetasi saytida xabar berildi.
Holat yuzasidan Bosh prokuratura huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan korxonada tekshiruv o‘tkazilgan.
Mazkur korxonaning mansabdor shaxslari oldindan o‘zaro til biriktirib, kuzatuv kamerasini bir soatdan ko‘proq vaqt davomida o‘chirib qo‘yishgan. Bu vaqt ichida esa umumiy narxi 213 million 229 ming 279 so‘m bo‘lgan texnik chigit soxta hujjatlar yordamida noqonuniy ravishda korxonadan chiqarib yuborilgan. Ushbu mahsulot keyinchalik guruh a’zolari tomonidan talon-taroj etilgan.
Ayni vaqtda holat yuzasidan «Kasbi paxta tozalash» AJ mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ish dastlabki tergov harakatlarini olib borish uchun viloyat prokuraturasiga yuborilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi