18 yoshli yigit maktab o‘quvchisi bilan jinsiy aloqa qilgan. Qiz abort qildirgan, aybdor esa 3 yilgacha qamalishi mumkin.
UzNews.uz’ning huquqni muhofaza qilish organlaridagi manbasining xabar berishicha, o‘tgan yilning dekabr oyida 2000 yilda tug‘ilgan A.Sh. 8-sinf o‘quvchisi bilan jinsiy aloqa qilgan. Ta’kidlash joiz, hodisa qiz yashagan uyda sodir bo‘lgan.
Joriy yilning 17 yanvar sanasida 14 yoshli qiz homilador ekanligi ma’lum bo‘lgan. 18 yanvar kuni esa qiz Toshkentdagi 6-sonli tug‘riq kompleksida homilasini oldirib tashlagan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zR JKning 128-moddasi 1-qismi (16 yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish) bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Ushbu moddaga muvofiq ayblanuvchi 360 soatgacha jamoat ishlariga, 2 yilgacha ahloq tuzatish ishlariga jalb etilishi, 1 yildan 3 yilgacha ozodlikdan cheklanishi yoki 3 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi