19:55 / 11.03.2019
5 296

Bosh prokuratura bosh prokuror isteʼfosi haqidagi mish-mishlarni yana bir bor rad etdi

Bosh prokuratura bosh prokuror isteʼfosi haqidagi mish-mishlarni yana bir bor rad etdi
Avvalroq, ayrim Telegram kanallar va ijtimoiy tarmoqlarda bosh prokuror Otabek Murodov lavozimini tark etgani hamda uning oʻrnini ichki ishlar vaziri Poʻlat Bobojonov egallagani haqida maʼlumot paydo boʻldi.

Shu bilan birga, Bosh prokuratura matbuot xizmati oʻshandayoq bosh prokuror Otabek Murodov mahkamadagi oʻz ishini davom ettirayotgani toʻgʻrisida maʼlum qildi.

Bundan tashqari, OʻzA xabariga koʻra, Nukus shahrida joriy yil sentabr oyida oʻz faoliyatini boshlashi kutilayotgan Prezident maktabining qurilish ishlari boshlandi. Muassasaga tamal toshi qoʻyilishi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari masʼullari, jamoatchilik vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etgan.

Ushbu taʼlim muassasasining asosiy maqsadi hududlarda iqtidorli yoshlarni aniqlash va ularning har tomonlama yanada yuksalishi uchun zarur sharoitlar yaratishdir. Eng qobiliyatli oʻquvchilar tanlab olinadigan bu maktabda yoshlarga matematika, fizika, kimyo, biologiya fanlari, axborot texnologiyalari va xorijiy tillar ilgʻor taʼlim uslublari asosida chuqur oʻrgatiladi.

Prezident maktabi qurilishi boshlanishiga bagʻishlangan tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi bosh vazirining birinchi oʻrinbosari O.Ramatov, Oʻzbekiston Respublikasi bosh prokurori O.Murodov ishtirok etgan.

Bugun, 11 mart kuni, Bosh prokuratura matbuot xizmati Otabek Murodov hozirda mamlakat rahbariyati topshirigʻi bilan Navoiy viloyatida boʻlib turgani haqida xabar berdi. U viloyatga ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari yuzasidan kelgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bosh prokuratura bosh prokuror isteʼfosi haqidagi mish-mishlarni yana bir bor rad etdi