USUR Technical Textile & Investment kompaniyasi Kun.uzʻga ichki ishlar organlari xodimlari uchun tayyorlangan yangi formalar katalogini taqdim etdi.
Kompaniya vakili Oybek Kurbanovning aytishicha, yangi formalar dizayni Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan.
“2017 yilda Oʻzbekistonda ichki ishlar organlari xodimlari uchun yangi koʻrinishdagi formalar tayyorlash ehtiyoji paydo boʻldi. Turkiya prezidentining ushbu mamlakatga tashrifidan keyin, Oʻzbekiston bu boʻyicha loyihada xorijiy hamkor sifatida shu kompaniyani tanlagandi. Kompaniyani koʻp joylarda bilishadi. Dizaynerlar NASA uchun ham formalar tayyorlaydi”, degan Oybek Kurbanov.
Uning qayd etishicha, dizayn ishlab chiqilishida ham milliy, ham xalqaro standartlar hisobga olingan.
Dizaynerlar klassik, ofis uchun, kamufulyaj va dala hududi uchun ishchi formalar (mavsumlar uchun alohida) tayyorlashgan.
Bundan oldinroq Toshkent IIBB matbuot xizmati YHXB yoʻl-patrul xizmati inspektorlarining yangi formasi sinovdan oʻtkazilayotgani toʻgʻrisida xabar bergandi.
“YHXB yoʻl-patrul xizmatining ikki inspektori chindan ham yangi formada xizmatni oʻtamoqda. Tajriba davomida xizmat kiyimining chidamliligi, kiyganda va harakatlanishda qulayligi tekshirilmoqda”, — deyiladi IIBB xabarida.
Xabarda qayd etilishicha, fuqarolar fikrini inobatga olish ham koʻzda tutilgan boʻlib, boshqarma aholiga “Yoʻllardagi huquq-tartibot xodimlari shunday koʻrinishda boʻlishini istaysizmi?” degan savol bilan murojaat etgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi