20:50 / 18.03.2019
4 476

Surxondaryoda 119 yoshli momoga biometrik pasport berildi

Surxondaryoda 119 yoshli momoga biometrik pasport berildi
Qumqoʻrgʻon tumani ”Joziba” mahallasida yashovchi 119 yoshli Ixvol Gaparovaga yangi biometrik pasport berildi.

1900 yilda Boysun tumanida tugʻilgan momo hamon tetik, dilkash suhbatdosh. Hayotning pastu baland, yaxshi-yomon kunlarini boshdan kechirgan Ixvol moma taʼbir joiz boʻlsa, “tirik tarix”. Eri Badalov Gʻaffor bilan 4 oʻgʻil, 3 qizni tarbiyalab, el xizmatiga qoʻshishdi.

Hozirda 59 nabira, 163 chevara, 27 evara qurshovida piru badavlat Ixvol momo umriga yana bir yosh qoʻshilib, koʻklam, Navroʻzga yetishgani uchun shukrona aytadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Surxondaryoda 119 yoshli momoga biometrik pasport berildi