00:04 / 09.04.2019
4 432

Islom Karimovning sevimli asarlari ro‘yxati taqdim etildi

Islom Karimovning sevimli asarlari ro‘yxati taqdim etildi
Huquqshunos Xushnudbek Xudayberdiyev «Rahbarlarning sevimli kitobi» loyihasining beshinchi sonida O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning sevimli asarlari haqida ma’lumot berdi.

Islom Karimovning bevasi Tatyana Akbarovna Karimova birinchi prezident mutolaa qilgan sevimli 15 nafar adiblari ro‘yxatini taqdim qilgan.

Islom Abdug‘aniyevich Karimovning sevimli asarlari ro‘yxati:
• Amir Temur. «Temur tuzuklari»;
• Imom Buxoriy. «Al-Jome’ as-sahih»;
• Abdulla Qodiriy. «Mehrobdan chayon»;
• Said Ahmad. «Ufq» trilogiyasi, «Jimjitlik»;
• Pirimqul Qodirov. «Yulduzli tunlar»;
• Odil Yoqubov. «Ulug‘bek xazinasi»;
• Teodor Drayzer. «Moliyachi», «Titan» va «Matonatli» trilogiyasi;
• Ernest Heminguey. «Chol va dengiz», «Qo‘ng‘iroq kimni chorlayapti?»;
• Jeyms Makgregor Berns. «Franklin Ruzvelt. Inson va siyosatchi» (asli: «Roosevelt. The Soldier of Freedom»);
• V.G.Truxanovskiy. «Uinston Cherchill: siyosiy biografiya»;
• Chingiz Aytmatov. «Kassandra tamg‘asi», «Asrga tatigulik kun», «Qiyomat», «Oq kema» va boshqalar;
• A.Soljenitsin. «Birinchi doirada» («V kruge pervom»), «Gulag Arxipelagi» va boshqalar;
• Yulian Semenov. Romanlar, qissalar va hikoyalar;
• Valentin Pikul. «So‘z va ish» («Slovo i delo»), «Boyazid qal’asi» («Bayazet») romanlari hamda «Favorit» turkumiga kiruvchi asarlar;
• Konfutsiy. «Hikmatlar».

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Islom Karimovning sevimli asarlari ro‘yxati taqdim etildi