16:15 / 09.04.2019
4 695

Kuchli yomgʻir natijasida Buxoro koʻchalarini suv bosdi (foto, video)

Kuchli yomgʻir natijasida Buxoro koʻchalarini suv bosdi (foto, video)
Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro shahrida yogʻgan kuchli yomgʻir natijasida koʻplab koʻchalarda suv toʻplanib qolgani aks etgan suratlar tarqaldi.

Hududda 8 aprel kuni boshlangan yomgʻir bugun, 9 aprel kuni ham davom etmoqda.

Suratlarda koʻrinib turibdiki, ayrim yoʻllar, aholi yashovchi uylar oldi butunlay suvga toʻlib, avtomobillar harakati toʻxtab qolgan.
Bunday holat Buxoroda oʻtgan yili ham kuzatilgan, ayrim tarixiy obidalar suvga boʻkkani toʻgʻrisida maʼlumotlar tarqalgandi.

Foto: Bukhara Info

Foto: Bukhara Info
Oʻzbekistonda aprel oyida koʻp yomgʻir yogʻmoqda va buning oqibatida shu vaqtga qadar Qashqadaryo, Surxondaryo, Navoiy, Samarqand va Jizzax viloyatlari hududlarida suv toshqinlari va sellar kuzatilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Kuchli yomgʻir natijasida Buxoro koʻchalarini suv bosdi (foto, video)