Bugun soat taxminan 10.30 da 102 raqamiga erkak kishi qo‘ng‘iroq qilib, to‘qqiz qavatli uyning beshinchi qavatidan sakrab o‘zining joniga qasd qilmoqchiligini ma’lum qilgan, deb xabar berdi Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.
Aytilishicha, voqea joyi bo‘lmish Chilonzor tumanining 20-kvartaliga ichki ishlar, Favqulodda vaziyat boshqarmasi, Toshkent shahar klinik psixiatriya shifoxonasi «tez yordam» brigadasi, yong‘in xavfsizligi xodimlari va tuman hokimi hamda prokurori yetib borishgan.
«Ellik yoshli erkak balkon to‘sig‘idan oshib o‘tib, qarori jiddiy ekanligi haqida qichqirar edi. Bu fikrdan qaytishga ko‘ndirish uchun bir soatdan ortiq ketganligiga qaramasdan, erkak hech kimga quloq solmadi. Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining ko‘rsatmasiga binoan erkak kishining yoniga yo‘naltirilgan IIBB alohida vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadi xodimlari o‘z malakalarini qo‘llagan holda erkak kishini qutqarib qolishdi. Hozirgi vaqtda psixiatr A.T. bilan ish olib bormoqda», deyiladi xabarda.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi