Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida sudlanuvchilar Baxtiyor Abdusamatov (Yunusobod tuman hokimi lavozimida ishlagan), O‘lmas Muxamedsaidov (vaqtincha ishsiz) va Shoxrux Malikov (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi huzuridagi «Milliy PR-markazi» DUK bosh direktori lavozimida ishlagan)ga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud o‘z yakuniga yetdi.
Mazkur jinoiy ish jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi sudyasi Zafar Nurmatov raisligida ko‘rib chiqildi, deb xabar bermoqda Kun.uz nashri.
Sudlanuvchilar B. Abdusamatov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish), 210-moddasi (pora olish), O‘. Muxamedsaidov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik), 28-moddasi (jinoyat ishtirokchilarining turlari) orqali 211-moddasi (pora berish), 212-moddasi (pora olish-berishda vositachilik qilish) va Sh. Malikov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 211-moddasi (pora berish), 212-moddasi (pora olish-berishda vositachilik qilish)da nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblangandi.
Xabar qilinishicha, sud Baxtiyor Abdusamatovni 205-modda (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish) bo‘yicha aybdor deb topdi. U 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Jazoni manzil koloniyada o‘tashi belgilab qo‘yildi.
O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi huzuridagi «Milliy PR-markazi» DUK bosh direktori lavozimida ishlagan Shoxrux Malikov esa sud zalidan ozod etildi.
O‘lmas Muxamedsaidov 168-moddasi (firibgarlik), 28-moddasi (jinoyat ishtirokchilarining turlari) orqali 211-moddasi (pora berish) bo‘yicha 10 yil-u 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.
Hukm hali kuchga kirmaganligi, norozi taraflarga shikoyat berish tartibi va muddati tushuntirildi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi