13:57 / 04.06.2019
3 990

Sherzod Qudbiyev: "Mehnat bozoridagi eng katta muammo - sifatsiz ta’lim tizimi"

Sherzod Qudbiyev: "Mehnat bozoridagi eng katta muammo - sifatsiz ta’lim tizimi"
O‘zbekiston Milliy matbuot markazida Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiyev ishtirokida “O‘zbekistonda mehnat sohasini yanada takomillashtirish bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar va natijalar” mavzusiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tmoqda.

Kun.uz nashrining xabar berishicha, anjumanda Sherzod Qudbiyev O‘zbekiston mehnat bozoridagi eng katta muammoni ma’lum qilgan.

“Mehnat bozoridagi katta muammo shuki, ta’lim tizimi malakali mutaxassislarni yetkazib bera olmayapti. Mana bizning katta muammomiz. Ish beruvchi ta’lim tizimida oliy o‘quv yurtlari berayotgan diplomga ishonmay qo‘ygan. Sababi o‘sha diplom egasi talabga javob bermaydi. Kollejlar o‘zini oqlamaganini esa vaqtning o‘zi ko‘rsatdi. Buni ham ochiq tan olish vaqti keldi. Biroq, bu kollejlar tugatilishi kerak, deganini anglatmaydi. Shunchaki kasb-hunar kollejlaridagi ta’lim berish tizimi to‘g‘ri tashkil etilmadi”, - dedi vazir.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sherzod Qudbiyev: "Mehnat bozoridagi eng katta muammo - sifatsiz ta’lim tizimi"