Bugun, 25 iyun kuni Prezident administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi anjumanlar zalida «Sud-huquq sohasidagi islohotlar» mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi. Tadbirda Oliy sud raisining jinoyat, fuqarolik, ma’muriy, iqtisodiy, murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosarlari va matbuot xizmati boshliqlari ishtirok etdilar.
Tadbir davomida Oliy sud vakillaridan Gulnora Karimova ishini qayta ko‘rib chiqish va uni oqlash bo‘yicha Oliy Sudga qandaydir murojaat kelib tushgan-tushmagani haqida so‘raldi.
«Gulnora Karimova ishi bo‘yicha Oliy Sudga yaqin vaqt ichida biror murojaat kelib tushmagan. Uning va oila a’zolarining turli manbalar orqali qilayotgan bayonotlari Gulnora Karimovaning shaxsiy tashabbuslaridir. Bu borada biror rasmiy hujjat ko‘rib chiqilayotgani yo‘q», deya O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi o‘rinbosari Ikrom Muslimovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz nashri.
23 iyun kuni Gulnora Karimova prezidentga va O‘zbekiston xalqiga murojaat qilib chiqqandi.
24 iyun kuni Shveysariya bosh prokuraturasi Gulnora Karimovaning «muzlatilgan» pullaridan 133 million dollar O‘zbekistonga qaytarilishini ma’lum qildi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi