«Qo‘yliq» bozorida bir necha fuqarolar tomonidan ikki erkakning kaltaklanishi aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Ushbu holat bo‘yicha Bektemir tumani IIB xodimlari tomonidan tekshiruv o‘tkazildi.
Toshkent shahar IIBB xabarida aytilishicha, hodisa 2 iyul kuni taxminan soat 16:30larda sodir bo‘lgan. Yuqorida ko‘rsatilgan bozor sotuvchilari - Qashqadaryo viloyatida yashovchi, 30 yoshli S.Sh. va Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan, 31 yoshli A.T. Qashqadaryo viloyatida yashovchi, 35 yoshli J.E.ga tegishli bo‘lgan «Kobalt» avtomobili ikki nafar noma’lum shaxs tomonidan ochilayotganini payqab qolishgan.
Xabarda aytilishicha, shundan so‘ng S.Sh., A.T. va ushbu bozorning yana bir sotuvchisi Sh.Sh. ushbu hodisa haqida ichki ishlar organlariga xabar bermasdan, voqea joyida payqalgan, muqaddam sudlangan, Farg‘ona viloyatidan bo‘lgan 40 yoshli S.T. va 39 yoshli A.K.ga hujum qilishgan hamda tan jarohati yetkazishgan.
Ushbu holat yuzasidan S., A. va Sh.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi («Bezorilik») bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. S.T. va A.K. tomonidan avtomobildan pul o‘g‘irlashga urinish holati bo‘yicha Jinoyat kodeksining 25-moddasi (Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish) va 169-moddasi 2-qismi («O‘g‘irlik») bo‘yicha jinoiy ish ochildi. Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi