11:53 / 18.07.2019
2 233

Oilalar yarashtirilmoqda

Oilalar yarashtirilmoqda
Bizning jamiyatimizda oila eng muqaddas tushunchalardan biri hisoblanishi hech kimga sir emas. Lekin oxirgi yillarda ko‘payib ketayotgan, ota-bobolarimizga xos bo‘lmagan illat hisoblangan ajrashishlar natijasida belgilangan alimentlar bo‘yicha Majburiy ijro byurosining davlat ijrochilari tomonidan ijro harakatlari olib borilmoqda va juda ko‘p holatlarda davlat ijrochisining harakatlari besamar ketmay aliment summalari undiruvchiga undirib berilishi ta’minlanmoqda.

Lekin kelajagimiz egalari bo‘lgan bolalarimizning barkamol inson bo‘lib voyaga yetishi uchun nafaqat moddiy tomondan ta’minlanganlik, balki tinch-totuv oilada katta bo‘lishi ham muhim jarayondir.

Bu narsani yaxshi anglab yetgan Majburiy ijro byurosining Navoiy shahar bo‘limi davlat ijrochilari joriy yilning dastlabki olti oyi davomida 63 ta ijro ishi bo‘yicha undiruvchi “ona” va javobgar “ota”larni yarashtirishga erishishdi.

Undiruvdan voz kechish haqidagi ariza bilan murojaat qilgan taraflarning ijro harakatlari davomida o‘z da’volaridan voz kechib, oila degan muqaddas dargohni saqlab qolishlari, u yerda voyaga yetayotgan farzandlarning cheksiz quvonchlariga, qolaversa milliy an’analarimizning ham bardavom bo‘lishiga sabab bo‘layotganligi e’tiborga molikdir.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Oilalar yarashtirilmoqda