Prezident qarori bilan joriy yilgi test sinovlari iyul-avgust oylarida o‘tkazilishi belgilandi.
Shuningdek, joriy yilda ham test natijalari DTMning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi. Faqat ball e’lon qilishda tartib biroz boshqacharoq bo‘ladi.
Ya’ni abituriyent test sinovidan to‘plagan ballari haqidagi ma’lumotni test topshirgan kunining ertasiga bilishi mumkin. Lekin ertasi kuni faqat necha ball to‘plaganini bila oladi, kirgan-kirmaganini emas.
Uning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmaganiga oid ma’lumotni esa test sinovlarini o‘tkazish jarayoni to‘liq yakunlangandan keyin bir hafta muddat ichida DTM saytidan ko‘rib olishi mumkin.
Nima uchun bunday bo‘ladi?
Chunki joriy yildan boshlab abituriyent bir paytning o‘zida 3 ta yo‘nalishga hujjat topshira olishi rasman tasdiqlandi. Shuning uchun ham abituriyentning o‘qishga kirgan yoki kirmaganini 1 kunda aytish imkonsiz.
Misol tariqasida tushuntiraman. Xorazmlik abituriyent O‘zMU, TATU hamda UrDUga hujjat topshirdi deylik. Testga Urganch shahrida 3 avgust kuni kirdi. O‘z-o‘zidan endi avvalgi yildagidek, falon OTMning testi 1 avgustda, piston OTMning testi 3 avgustda degan narsa bo‘lmaydi, bu yil OTMlar aralash bo‘ladi. Faqat yo‘nalishlardagi fanlar blokiga qarab abituriyentlar kunlarga va pavilonlarga ajratiladi.
Shundan kelib chiqib, 3 avgust kuni test topshirgan abituriyent hali yakuniy natijani bila olmaydi, chunki u kabi O‘zMU, TATU yoki UrDU uchun hujjat topshirgan abituriyentlar 5 yoki 10 avgustda ham testga kirishi mumkin.
O‘shanchun ham avval hamma test topshirib bo‘lishini kutish kerak. Yakuniy natija shundan keyingina ma’lum bo‘ladi.
Xushnudbek Xudoyberdiyev
Manba: Xabar.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi