15:15 / 10.08.2019
3 138

MIB "Qurbon hayit" bayrami oldi 14 ta oilani yarashtirdi

MIB "Qurbon hayit" bayrami oldi 14 ta oilani yarashtirdi
Qutlug‘ "Qurbon hayit" bayrami oldi Majburiy ijro byurosi Qamashi tuman bo‘limi yana bir savobli ishga qo‘l urdi. 2019 yilning
9 avgust sanasida Byuroning Qamashi tuman bo‘limi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda tuman xotin-qizlar qo‘mitasi bilan hamkorlikda 14 ta oila yarashtirildi.

Majburiy ijro byurosi Qamashi tuman bo‘limi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda tuman xotin-qizlar qo‘mitasi, mahalla fuqarolar yig‘inlari vakillari va 50 dan ortiq ajrashgan oilalar ishtirok etdi.

Tadbirni bo‘lim boshlig‘i M.Eshimov kirish so‘zi bilan ochib, barchani kirib kelayotgan "Qurbon hayit" bayrami bilan muborakbod etdi va muqaddas bayram oldi har xil kelishmovchiliklar sababli ajrashgan oilalarni birlashishga, yarashishga, tinch, totuv baxtli hayot kechirishga chaqirdi.

Bu fikrlarni tuman xotin-qizlar qo‘mitasi raisasi ham qo‘llab quvvatlab, oila qanchalik muqaddasligi, jamiyatimizning asosiy bo‘g‘ini ekanligi haqida fikrlar bildirdi.

Shundan so‘ng, 14 ta oila tashabbus ko‘rsatib, aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlarini qaytarib olishga, yarashib birga yashashga qaror qilishdi. Natijada 29 nafar farzand ota-ona mehridan birday bahramad bo‘lish imkoniga ega bo‘ldilar.

Tadbir davomida tashabbuskor oilalarga sovg‘alar ulashilib, to‘g‘ri qarorga kelganliklari uchun minnatdorchilik bildirildi.
Qolgan ishtirokchi oilalarga yarashgan oilalardan o‘rnak olishlari tavsiya qilindi. Yakunda, MIB xodimlari bu kabi xayrli tadbirlar muntazam o‘tkazib borilishini ta’kidlab o‘tdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB "Qurbon hayit" bayrami oldi 14 ta oilani yarashtirdi