21:20 / 11.08.2019
2 998

Toshkentda yangi turdagi ogohlantiruvchi yo‘l chizig‘i tajribadan o‘tkazilmoqda

Toshkentda yangi turdagi ogohlantiruvchi yo‘l chizig‘i tajribadan o‘tkazilmoqda
Yo‘l harakati xavfsizligini oshirish maqsadida Toshkentning Beshqayrag‘och ko‘chasida ogohlantiruvchi yo‘l chizig‘ining yangi turi eksperimental ko‘rinishda qo‘llanila boshladi.

Piyodalar o‘tish joyidan 50 metr oldin asfaltga maxsus ogohlantirish yo‘l chizig‘i tushirilmoqda.
«Maxsus yo‘l chizig‘ining bu turi yo‘l xarakati ishtirokchilarini qo‘shimcha himoya qilish uchun mo‘ljallangan», – deyiladi shahar hokimligi matbuot xizmati xabarida.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda «Mening fikrim» jamoaviy murojaatlar portaliga piyodalar o‘tish joylariga kuzatuv kameralarini o‘rnatish haqida petitsiya joylashtirilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda yangi turdagi ogohlantiruvchi yo‘l chizig‘i tajribadan o‘tkazilmoqda