22:04 / 16.08.2019
4 090

Samarqandda quyun «Obod qishloq» uylari tomlarini uchirib ketdi (video)

Samarqandda quyun «Obod qishloq» uylari tomlarini uchirib ketdi (video)
Samarqand viloyati Oqdaryo tumani To‘ron MFY hududidagi «Obod qishloq» dasturi doirasida ta’mirlangan uylar tomini quyun uchirib yubordi. Aytishlaricha, hodisa bugun, 16 avgust kuni sodir bo‘lgan.

«Xabar.uz»ga hodisa videosini taqdim qilgan foydalanuvchining qayd etishicha, hukumatimiz «Obod qishloq» dasturi bo‘yicha hududlarda aholining yashash sharoitlarini yaxshilash maqsadida katta mablag‘ ajratmoqda. Ammo quruvchilar ta’mirlash ishlarini sifatsiz amalga oshirishgani sababli shunday ko‘ngilsizliklar sodir bo‘lmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda quyun «Obod qishloq» uylari tomlarini uchirib ketdi (video)