15:22 / 26.08.2019
2 345

Shavkat Mirziyoyev Samarqandga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev Samarqandga jo‘nab ketdi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqandga jo‘nab ketdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, prezident “Sharq taronalari” o‘n ikkinchi xalqaro musiqa festivalining tantanali ochilish marosimida ishtirok etadi.

Ma’lumot uchun: Registon maydonida har ikki yilda bir marotaba 25-30 avgust kunlari YuNESKO shafeligida “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali o‘tkaziladi. “Sharq taronalari” Markaziy Osiyodagi eng katta festivallardan biri sanaladi.

Festival o‘tkazilishidan asosiy maqsad – milliy musiqa san’atida erishilgan yutuqlarni keng ommaga tatbiq qilish, millatlarning madaniyat va an’analarini asrash va rivojlantirish, sozandalik va xonandalik yo‘nalishidagi iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, xalqaro ijodiy aloqalarni kengaytirish, tinchlik, do‘stlik va o‘zaro bag‘rikenglik g‘oyalarini targ‘ib qilishdan iborat.

1997 yilda tashkil etilgan ilk “Sharq Taronalari” xalqaro musiqa festivalida 31 davlatdan musiqiy guruhlar va ijrochilar tashrif buyurishgan. Bugunga kelib “Sharq taronalari” nafaqat O‘rta Osiyoda, balki jahon miqyosidagi mashhur festivallar qatoridan joy olib ulgurdi.

2015 yilda o‘tkazilgan X “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalida ishtirokchi davlatlar soni 66 taga yetdi. Festival davomida musiqaning turli jihatlariga bag‘ishlangan xalqaro anjumanlar o‘tkazish an’anaga aylanib qoldi. Bu anjumanlarda butun dunyodan kelgan olimlar fikr va tajribalar almashish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev Samarqandga jo‘nab ketdi