Yaqinda ijtimoiy tarmoqda ayollar va bolalar kimningdir qabrini tavof qilayotgani, zinalarga bosh qo‘yib, sajda etayotgani tasvirlangan video tarqalgandi.
Azon.uz saytining You tube kanaliga joylashtirilgan videolavha Toshkent viloyati Parkent tumanidagi Zarkent qishlog‘ida joylashgan «Zarkent bobo» ziyoratgohida olingani aytilgandi.
Holat yuzasidan yuzasidan «Shayx Zayniddin» jome masjidi imom xatibi Yahyo Abdurahmonov o‘z fikrlarini bildirib o‘tgandi. Yahyo Abdurahmonov ziyoratgohlar farzand, boylik, dunyo va boshqalarni so‘rash uchun tashkil qilinmagani, u yer asosan o‘limni eslash uchun va Allohdan azizlarning oxiratlarini obod qilishini so‘rab, Qur’oni Karim oyatlari zikr qilinadigan oddiy bir maskan ekanini ta’kidlagandi.
Bunday amallar shirkdan boshqa narsa emasligini aytib, bu ishlardan Yaratganning qahri kelishi va undan saqlanish vazifamiz ekanini tushuntirgandi.
Mazkur holatga O‘zbekiston musulmonlari idorasi munosabat bildirdi. Matbuot xizmatining xabar berishicha, O‘zbekiston musulmonlari idorasi tashabbusi bilan Toshkent viloyati Parkent tumani imom-xatiblari tomonidan ziyoratgohda kuzatilgan dinimizga zid amallarni bartaraf etish choralari ko‘rildi va u yerdagi holat doimiy nazoratga olindi. Ushbu tuman imom-xatiblari tomonidan muntazam tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Shuningdek, Islom dinida bayon etilgan ziyorat odoblari aks etgan peshlavhalarni idora tasarrufida bo‘lmagan qadamjolarga ham joylashtirish bo‘yicha sa’y-harakatlari Diniy idora tashabbusi boshlandi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi yana bir bor shu kabi o‘z tasarrufida bo‘lmagan ziyoratgohlarning mas’ullarini mana shunday ko‘ngilsiz holatlar yuzaga kelishining oldini olish, ziyorat odoblarini tushuntirish borasida hamkorlikka doim tayyor ekanini ma’lum qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi