3 527
Straus House ta’sischisi mijozlaridan olgan pullarni nimalarga sarflagani ma’lum bo‘ldi
Foto: Straus House
Avvalroq Straus House MChJ ta’sischisi Ibrohim Isroilov Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» bandi bilan gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinib, unga nisbatan «qamoqqa olish» ehtiyot chorasi qo‘llangani haqida xabar berilgan edi. Ibrohim Isroilov Straus House MChJ hisob raqamiga kelib tushgan kirimlarni nimaga sarflagani ma’lum bo‘ldi.
Dastlabki tergov davomida Straus House MChJ hisob raqamiga 2018 yilning dekabr oyidan 2019 yilning avgust oyiga qadar mijozlardan jami 15 milliard so‘mga yaqin pul mablag‘lari kirim qilingan. Kirim qilingan pul mablag‘larining 4,5 milliard so‘m qismi jamiyat ta’sischi Ibrohim Isroilovning shaxsiy plastik kartochkasiga qarz sifatida o‘tkazilib, bu mablag‘larning bir qismini muqaddam sodir etgan firibgarlik jinoyati bo‘yicha moddiy zararni qoplashga, o‘zi uchun 1 dona Malibu-2 va 2 dona Lacetti rusumdagi avtomashinalar sotib olishga, Turkiya, BAA, Eron, Tailand, Malayziya, Rossiya va Ukraina davlatlariga borib dam olish va o‘zining boshqa ehtiyojlari uchun sarflab yuborganligi aniqlangan.
Shuningdek, Ibrohim Isroilovning OAVdagi chiqishlaridan birida Straus House’ning karantin zonasida 5 ming dona tuyaqush jo‘jalari saqlanayotganligi haqida xabar bergan. O‘rganishlar natijasida ushbu ma’lumotlar o‘z tasdig‘ini topmagan. Mavjud 500 ga yaqin jo‘jalar O‘zbekistonda tuyaqush yetishtiruvchi korxonalardan olinganligi ma’lum bo‘lgan. Kompaniya ta’sischisining kelasi yillarda eksport qilishni rejalashtirayotganligi haqidagi va’dalari bo‘yicha ham tekshiruvlar o‘tkazilgan. Biroq o‘rganishlardan so‘ng kompaniya bunday (eksport) salohiyatga ega emasligi aniqlangan.
Olib borilayotgan dastlabki tergov jarayonlarida Ibrohim Isroilov tomonidan jinoiy yo‘llar bilan qo‘lga kiritilgan mablag‘lar evaziga sotib olingan avtotransport vositalari, ko‘chmas mulk ob’ektlari va qimmatbaho buyumlarni aniqlashga qaratilgan tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ularning barchasi jabrlanuvchilarga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararlarni qoplashga qaratiladi.
Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha Straus House MChJ moliyaviy xo‘jalik faoliyati yuzasidan tekshirishlar o‘tkazilmoqda. Dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi