Ta’lim sifati bo‘yicha Sirdaryo viloyatini namunali hududga aylantirish tashabbusi doirasida qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, 16 oktyabr kuni Xalq ta’limi vazirligi va Xalq ta’limi sohasida AKTni rivojlantirish markazi tomonidan Sirdaryo viloyatidagi xalq ta’limi xodimlarining kompyuter savodxonlik darajasini aniqlash bo‘yicha test sinovlariga start berildi.
Ushbu test sinovlarini tashkil etishdan maqsad o‘qituvchi va maktab direktorlarining kompyuter savodxonligini aniqlash va AKT bilim darajasini oshirishdan iborat. Test sinovlari Sirdaryo viloyatining beshta tumanida, xususan, Guliston shahrida, Boyovut, Yangiyer, Oqoltin va Sirdaryo tumanlarida o‘tkazilmoqda.
Test o‘qituvchilarga alohida maktab direktor va ularning o‘rinbosarlari uchun alohida murakkablikda tuzilgan bo‘lib, 30 ta testni belgilash talab etiladi. 22 oktyabrgacha davom etadigan sinovlarda xalq ta’limi tizimidagi 12 mingga yaqin o‘qituvchi va xodimlar ishtirok etadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi
Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi
Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi
Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda