Endi zargarlarga to‘siq yo‘q

  • 17 oktyabr 2019, 19:37
  • 642
  • Jamiyat
  • Endi zargarlarga to‘siq yo‘q
    Mamlakatimiz oltin ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoning yetakchi davlatlardan biri sanaladi. Joriy yil 2 oktyabrda mazkur masalalarni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasining «Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish, import qilish va ularning realizatsiyasi monitoringini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi qarori qabul qilindi. Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasida tashkil etilgan uchrashuv ham mazkur qarorning muhokamasiga bag‘ishlandi.

    Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi hamkorligida tashkil etilgan davra suhbatida viloyatda zargarlik faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan tadbirkorlar ishtirok etdilar.

    Ta’kidlash kerakki, Vazirlar Mahkamasining «Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish, import qilish va ularning realizatsiya monitoringini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi qaroriga ko‘ra, zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish, import qilish va realizatsiyasini monitoring qilish tartibi belgilangan.

    Qarorga ko‘ra, Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish, import qilish va ularning realizatsiyasi monitoringini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi-deydi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi qoshidagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti direktor o‘rinbosari Tursun Ahmedov. Nizomga muvofiq, Davlat soliq qo‘mitasida zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish, import va realizatsiya qilish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar to‘g‘risida ma’lumotlar bazasi shakllantiriladi.

    Ushbu ma’lumotlar asosida tadbirkorlarning hisobotlari, shuningdek, soliq to‘lovchilarning majburiyatlari paydo bo‘lishi (tugatilishi) to‘g‘risida tegishli tashkilotlardan olingan ma’lumotlar bilan solishtirish orqali kameral nazorat o‘tkaziladi. Kameral nazorat natijasida tafovut aniqlansa, soliq to‘lovchiga uning hisobotlariga tegishli tuzatishlar kiritish hamda kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan talabnoma yuboriladi. Tadbirkorlarning faoliyatida jinoyat alomatlari mavjud deb topilsa, materiallar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuboriladi.

    Joriy yilning 1 iyulidan ishlab chiqaruvchilarga ro‘yxatdan o‘tkazilgan shaxsiy tamg‘asini ishlab chiqargan buyumlarning asillik darajasini mustaqil belgilash va ularga belgilangan namunadagi asillik darajasi belgisi izlarini qo‘yish huquqi berilganligi va bu holda nohalol tadbirkorlarga sanksiyalar qo‘llanilib, ularning litsenziyasining faoliyati to‘xtatilishi yig‘ilganlarga atroflicha tushintirildi.

    Uchrashuv so‘ngida zargarlik faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan tadbirkorlarga so‘rovnomalar taqdim etildi. Ular mazkur so‘rovnomalar bo‘yicha tadbirkorlarni qiynab kelayotgan muammolarga barham berish va faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha o‘z taklif va mulohazalarini qayd etdilar.
    Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Endi zargarlarga to‘siq yo‘q