2 585
O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik qonunchiligini takomillashtirish: asosiy yo‘nalishlar va yangiliklar
Joriy yilning 30 oktyabr kuni Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti tomonidan “O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik qonunchiligini takomillashtirish: asosiy yo‘nalishlar va yangiliklar” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Davra suhbatida Germaniyaning Bremen universiteti professori Rolf Kniper, AQSh Xalqaro Rivojlanish Agentligi (USAID) va Germaniya Xalqaro Hamkorlik Jamiyati (GIZ) ekspertlari, shuningdek Toshkent davlat yuridik universiteti hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti professor o‘qituvchilari va boshqa yuqori malakali ekspertlar, turli sohalar vakillari ishtirok etdilar.
Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 apreldagi F-5464-son Farmoyishiga muvofiq olib borilayotgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik qonunchiligini takomillashtirish ishlarning borishi bo‘yicha mas’ullarning taqdimotlari tinglandi, fuqarolik qonunchiligini xalqaro standartlar talablariga muvofiqlashtirish, mulkdorlar huquqlari himoyasini kuchaytirish, iqtisodiyotda xususiy mulkning ustuvor rolini ta’minlash, ishbilarmonlik muhitini va investitsion iqlimni yaxshilash uchun zarur chora-tadbirlar va boshqa masalalar muhokama qilindi.
Shartnomalar shakllarini qayta ko‘rib chiqish, yuridik shaxslar tashkiliy-huquqiy shakllarining turlarini kamaytirish, kriptovalyuta, blokcheyn kabi tushunchalarni fuqarolik qonunchiligiga kiritish, qimmatli qog‘ozlar sohalariga taklif qilinayotgan yangiliklar ishtirokchilar o‘rtasida qizg‘in bahs va munozaralarga sabab bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining yangi tahririni ishlab chiqish, ushbu sohadagi boshqa qonun hujjatlarini takomillashtirish ishlari davom etmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?