10:20 / 09.11.2019
3 804

Qanday hollarda haydovchiga boshqa mashinani quvib o‘tish taqiqlanadi?

Qanday hollarda haydovchiga boshqa mashinani quvib o‘tish taqiqlanadi?
Toshkent shahar IIBB yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha navbatdagi eslatma bilan chiqdi. Unda quvib o‘tish haqida so‘z yuritilgan.

Qayd etilishicha, haydovchi quvib o‘tishni boshlashdan oldin:
- o‘zi o‘tmoqchi bo‘lgan harakatlanish bo‘lagi quvib o‘tish uchun yetarlicha masofada bo‘sh ekanligiga, quvib o‘tish jarayonida harakatlanishga xavf tug‘dirmasligiga va boshqa harakat qatnashchilariga xalaqit bermasligiga;
- shu bo‘lakda orqada harakatlanayotgan transport vositasi quvib o‘tishni boshlamaganligiga;
- oldinda harakatlanayotgan transport vositasi quvib o‘tish, chapga burilish (qayta tizilish) ishorasini bermayotganligiga;
- quvib o‘tishni tugallayotganda quvib o‘tilayotgan transport vositasiga xalaqit bermasdan ilgari egallagan bo‘lakka qaytib o‘ta olishiga ishonch hosil qilishi shart.

Relssiz transport vositalarini faqat chap tomondan quvib o‘tishga ruxsat beriladi. Biroq chapga burilish ishorasini berib, burilishga kirishgan transport vositasini quvib o‘tish o‘ng tomondan amalga oshiriladi.
Quvib o‘tilayotgan transport vositasining haydovchisiga harakat tezligini oshirish yoki boshqa xatti-harakatlar bilan quvib o‘tishga to‘sqinlik qilish taqiqlanadi.

Quvib o‘tishni tugallagandan so‘ng haydovchi ilgari egallagan harakatlanish bo‘lagiga qaytishi shart (o‘ng tomondan ruxsat etilgan quvib o‘tishdan tashqari).

Biroq ushbu yo‘nalishda harakatlanish uchun ikki yoki undan ortiq bo‘lak bo‘lsa, ushbu Qoidalarning 67-bandini hisobga olgan holda, quvib o‘tayotgan haydovchi o‘zi egallagan bo‘lakka qaytgani zahoti keyingi quvib o‘tishni boshlashiga to‘g‘ri keladigan hollarda, agar u orqada o‘zidan katta tezlikda harakatlanayotgan transport vositalariga xalaqit bermasa, egallagan bo‘lagida harakatlanishni davom ettirishi mumkin.

Quvib o‘tish quyidagi hollarda taqiqlanadi:
- tartibga solingan chorrahalarda qarama-qarshi harakatlanish bo‘lagiga chiqib;
- tartibga solinmaydigan chorrahalarda asosiy hisoblanmaydigan yo‘llarda harakatlanishda (aylanma harakatlanishli chorrahalarda quvib o‘tish, kajavasiz ikki g‘ildirakli transport vositalarini quvib o‘tish va ruxsat etilgan hollarda o‘ng tomondan quvib o‘tish bundan mustasno);
- piyodalar o‘tish joylarida piyodalar bo‘lganda;
- temir yo‘l kesishmalarida va ulargacha 100 metrdan kam masofa qolganda;
- quvib yoki aylanib o‘tayotgan transport vositalarini;
- tepalikning oxirida va yo‘lning ko‘rinishi cheklangan joylarida qarama-qarshi harakatlanish yo‘nalishiga chiqib;
- 3.20 va 3.22 yo‘l belgilari ta’siri doirasida.

Aholi punktlaridan tashqaridagi yo‘llarda sekin harakatlanadigan yoki katta hajmli transport vositasini quvib o‘tish qiyin bo‘lgan hollarda uning haydovchisi ushbu transport vositasini iloji boricha yo‘lning o‘ng tomoniga olishi, zarur bo‘lganda esa orqasida to‘planib qolgan transport vositalarini o‘tkazib yuborish uchun to‘xtashi kerak.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qanday hollarda haydovchiga boshqa mashinani quvib o‘tish taqiqlanadi?