Foto: Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi
Bugun Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Komil Allamjonovning ushbu lavozimga tayinlanganiga bir yil to‘ldi. Shu munosabat bilan u o‘zining «Telegram»dagi rasmiy sahifasida quyidagi fikrlarni yozib qoldirdi:
Roppa-rosa bir yil oldin, aynan shu kuni Prezidentimiz katta ishonch bildirib, meni Agentlik rahbari lavozimiga tayinlagan edilar.
Shu o‘tgan davr mobaynida Agentlik vakolati doirasida tinmay mehnat qildik. Ko‘p loyihalarni boshladik. Bir yil o‘n yildek o‘tdi, nazarimda. Qanchalik natija bera oldik, bilmadim, bahoni odamlar va rahbarlarimiz beradi.
Ushbu lavozimda yana necha kunni qarshi olishimni ham bilmayman, chunki bu — taqdir va nasiba. Lekin bitta narsani aniq bilaman: otam kabi halol va pok bo‘lishga qat’iy intilib mehnat qildim va bundan keyin ham Prezidentimga, Vatanimga sodiq bo‘laman.
Matbuotni haqiqatda to‘rtinchi hokimiyat darajasiga yetkazish uchun astoydil, qattiqqo‘llik, qaysarlik, qat’iyat va tizimli ravishda ishlashga harakat qilmoqdamiz. Bu kimgadir yoqyapti va albatta, kimgadur yoqmayapti. Bu tabiiy. Chunki to‘rtinchi hokimiyat amalda ishlasa, ko‘pchilikni ishlashga majbur qilyapti va ko‘pchilikning faoliyatiga ko‘zgu bo‘lyapti.
Haqiqat va adolatga erishish har doim ham oson kechmaydi. Bir narsani aniq bilaman: biz yangi O‘zbekiston tarixining yangi bobi yozilishi jarayonidamiz. Ilohim, ushbu jarayonda katta oyim aytganlaridek, o‘t balosidan, suv balosidan tuhmat balosidan, yomon ko‘zlardan Yaratganning o‘zi asrasin.
Ushbu lavozimda qancha faoliyat yuritishimdan qat’i nazar, har bir kunda xalqimizning, Prezidentimning ishonchlarini oqlash, davlat uchun, jurnalist va blogerlar uchun, ularning himoyasi, ularning sharoiti uchun bor kuchim bilan harakat qilishga va’da beraman. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi