23:55 / 14.12.2019
4 250

“Molchilik tarixida bunaqasi bo‘lmagan” (satira)

“Molchilik tarixida bunaqasi bo‘lmagan” (satira)
– Qayerdan kelyapsan, Mallaxon?
– He o‘lsin, RUVDidan! Pasportga borgandim...
– Oldingmi?
– Ololmadim, navbat ko‘p... Hammayoq mol! Saniki nima bo‘ldi?
– Rasmga tushdim u kuni.. Padariga la’nat qiyin ekan... Hali o‘ng tuyog‘ingizni qo‘ying deydi, hali chapini qo‘ying, deydi.
– Ey, o‘lmagan qul ko‘rarkan, dugon. Shu kunlarni ham ko‘rdik. Sening buqangning baxti bor ekan, omon-omon zamonlarda so‘yilib ketdi.
– Haaa, nimasini aytasan, molchilik tarixida bunaqasi bo‘lmagan. Hali propiska ham deb kuydirmasa bo‘ldi.
– Bulardan har balo kutish mumkin. Bittasi “viloyatliklar endi poytaxtga uchastkavoyning jetoni bilan kirsin” deganmush.
– Voooy yaramas, kalla bormi bularda?!
– Partiyaga kalla shartmas...
– Shu bizga pasport olish masalasini ham shunga o‘xshagan bittasi ko‘tardi-da.
– Hech kimga aytmaginu, o‘zi hammayoqni shunga o‘xshaganlar bosib ketdi. Bittasi bundan keyin bitta oilaga ikki yarim million so‘m yetadi deganmush. Endi ujinga non-pon, po‘choq-muchoq ham chiqmaydi.
– Padariga la’nat! Bir gramm ham sut bermayman bundan keyin!
– Yo‘o‘o‘, bunday qila ko‘rma, shessekundda yo‘q qivorishadi! Dalaga ketasanu qaytmaysan, tamom. O‘tlayman deb jarga tushib ketibdi, deyishadi. Hayot shu, Mallaxon! Undan ko‘ra sutingni berib, xizmatingni qilaver!
– Xo‘p...

Eslatma: Muallif fikri tahririyat nuqtai nazarini ifodalamasligi mumkin.

Manba: Sof.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Molchilik tarixida bunaqasi bo‘lmagan” (satira)