Birja: benzin narxi pasaymoqda

  • 18 dekabr 2019, 10:46
  • 841
  • Jamiyat
  • Birja: benzin narxi pasaymoqda
    2019 yil 9 – 13 dekabr kunlari "O‘zRTXB" AJda o‘tkazilgan birja savdo natijalariga ko‘ra birja bozorining turli tovar segmentlarida narxlar dinamikasi pasaydi.

    Ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida 3499,4 tonna AI-91 rusumli benzin birja savdolariga qo‘yildi va shundan 2726,0 tonnasi sotildi. So‘nggi savdo haftasida AI-91 rusumli benzini bo‘yicha shakllangan birja kotirovkasi avvalgi haftaga nisbatan 0,7 foizga pasayib, bir tonnasi uchun 6270,7 ming so‘mni tashkil etdi.

    O‘tgan haftada suyultirilgan gaz ishlab chiqaruvchilari birja savdolari orqali 13,3 mlrd so‘mlik 4880,0 tonna suyultirilgan gaz sotishdi. Gazning birjada shakllangan narxi oldingi haftaga nisbatan 1,9 foizga pasayib, bir tonna uchun 2730,7 ming so‘mni tashkil etdi.

    Paxta tolasi bozorida yuqori darajadagi talab saqlanmoqda. O‘tgan hafta 1 nav 4 tip (oliy 2019)dagi paxta tolasi bo‘yicha narxlar 2,3 foizga o‘sib, bir tonna uchun 14,9 mln so‘mni tashkil etdi. Paxta tolasini boshqa navlarining narxlari o‘rtacha 10,9 mln so‘mdan 14,5 mln so‘mgacha bo‘ldi.

    » » Birja: benzin narxi pasaymoqda