Bugun, 19 dekabr kuni O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi zalida «Yangi O‘zbekiston — yangi saylovlar» shiori ostida o‘tkazilayotgan bahs-munozaralarning navbatdagi majlisi o‘tkazilmoqda.
«O‘zbekistonda keng ko‘lamli o‘zgarishlar sharoitida fuqarolik jamiyatini rivojlantirish» mavzuida o‘tayotgan anjumanda AOKA direktori Komil Allamjonov O‘zbekistonla so‘z erkinligi vaqtinchalik deya aytilayotgan fikrlarga o‘z munosabatini bildirdi:
«Bizda endi orqaga yo‘l yo‘q. So‘z erkinligi davri tez tugaydi, OAV, ijtimoiy tarmoqlar yopiladi deyish noo‘rin. Yo‘q, biz orqaga qaytmaymiz. Internet rivojlanib borayotgan davrda boshqa yo‘limiz ham yo‘q. O‘zbekistonda so‘z erkinligini mustahkam o‘rnatish davom etiladi. O‘zbekiston qayta yopilmaydi. Bizning Agentligimiz bor ekan, bunga yo‘l qo‘ymaymiz», deya ta’kidladi Komil Allamjonov. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi