06:30 / 23.12.2019
2 955

«Pora olgan Yaratganning oldida javob beradi...lekin diniy ta’lim-tarbiya berish partiya dasturida yo‘q»

«Pora olgan Yaratganning oldida javob beradi...lekin diniy ta’lim-tarbiya berish partiya dasturida yo‘q»
Shunday holatlar bo‘ladiki, aniq bilib-ko‘rib turibsiz, nima qilsa qanday natija berishi ayon, lekin o‘sha ishni qilmaymiz. Nega? Siz va biz bilmagan qandaydir sabablar bor...

MY5 kanalida «Debatdan so‘ng» nomli ko‘rsatuv efirga berildi. Boshlovchi partiya raisidan korrupsiyani ildizi bilan yo‘q qilishni qanday amalga oshirmoqchiligini so‘radi. Dialog:

Partiya raisi: – Biz huquqiy madaniyatimizni oshirishimiz kerak. «Ertaga muqarrar jazoni olaman». Men bilaman, siz bilasiz, deydi, Amirshoh (Amirxon deyilmoqchi) bilan Narimon aka biladi, deydi, boshqa hech kim bilmaydi, deydi. Bilmaydiki tepadagi (Zot) hammasini ko‘radi. Albatta, o‘zgarish bo‘ladi.
Boshlovchi: – Yaratganni nazarda tutyapsizmi, Xudo ko‘rib turibdi, deganda?

PR: – Albatta, baribir javob beradi u, ertasi kuni...
B: – Jazo kuni, hisobot kuni muqarrarligini ularga singdirish uchun diniy ta’lim-tarbiyani singdirish kerak, joriy etish kerak ta’limga.

PR: – Dinni hurmat qilish kerak, bilish kerak...
B: – Lekin hozirgi paytda «Din tarixi»dan boshqa fan o‘tilmaydi. Bu bo‘yicha biror-bir taklifingiz bormi?

PR: Bu masala bo‘yicha bizning dasturimizda yo‘q...lekin biz aytyapmiz, tarbiya-ta’lim barobar borishi kerak...

Suhbatni shu joyida to‘xtatib, o‘zimizga-o‘zimiz savol beramiz, nega ochiq-oydin ko‘rinib turgan narsalarni bilmaslikka olamiz? Partiya raisi o‘zi aniq aytib turibdi, «Tepadagi (Zot) hammasini ko‘radi». Javobsiz savollar...

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Pora olgan Yaratganning oldida javob beradi...lekin diniy ta’lim-tarbiya berish partiya dasturida yo‘q»