OTMlarda davlat grantlari 2 barobar oshiriladi, qizlar uchun esa alohida grantlar ajratiladi

  • 24 yanvar 2020, 12:15
  • 865
  • Jamiyat
  • OTMlarda davlat grantlari 2 barobar oshiriladi, qizlar uchun esa alohida grantlar ajratiladi
    Prezident Shavkat Mirziyoyev 2020 yilni «Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili» deb e’lon qildi.
    Davlat rahbari, shuningdek, oliy o‘quv yurtlarida davlat grantlari ikki barobarga ko‘paytirilishini ma’lum qildi.

    «Qizlarimiz uchun alohida grantlar ham ajratiladi», – deya qo‘shimcha qildi Shavkat Mirziyoyev.

    Prezidentga ko‘ra, maktab bitiruvchilarini oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasi 2020 yilda kamida 25 foizga, kelgusida esa 50-60 foizga yetkaziladi. OTMlarga moliyaviy va akademik mustaqillik beriladi.

    Shu bilan birga, oliy ta’limda mutaxassislikka aloqasi bo‘lmagan fanlar ikki barobar qisqartiriladi. Ma’lumot uchun, hozirda o‘quv rejalari va dasturlarida ixtisoslikka xos bo‘lmagan fanlar ulushi 18 foizga teng.

    Qo‘shimcha qilinishicha, 2019 yilda OTMlarga jami 146 ming 500 nafar yoki 2016 yilga nisbatan 2 barobar ko‘p talaba o‘qishga qabul qilingan. Maktab bitiruvchilarini oliy ta’lim bilan qamrab olinganlik darajasi 2019/2020 o‘quv yilida 20 foiz, 2018/2019 o‘quv yilida 15 foizni tashkil etdi.

    Qayd etish joiz, hozir O‘zbekistonda 117ta oliy ta’lim muassasasi faoliyat yuritmoqda, ulardan 19tasi 2019 yilda ochildi.
    OTMlarda belgilangan hozirgi jami grantlarning ulushi 146 ming o‘quv joyidan 22,3 mingni (15 foizni tashkil etadi). Ushbu raqamni ikki barobar ko‘paytirishni 3 yilda amalga oshirish rejalashtirilgan.

    » » OTMlarda davlat grantlari 2 barobar oshiriladi, qizlar uchun esa alohida grantlar ajratiladi